Viloyat Kengashi doimiy komissiyasi raisi bilan kechgan muammoli holat mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi

Kecha, 11 iyul kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi direktori Mirzo Ixtiyorovning deputatlik telegram kanalida "Mamlakat ichidagi mamlakat!" mavzusida post qoldirilgan edi.
Ushbu mavzu keng jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatida Kengash kotibi Sh.Yo‘ldoshev, xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Ixtiyorov, qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Jo‘raqulov, viloyat Kengashi deputati N.Xoliqov, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i L.Yaxshilikov, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida mazkur holat muhokama etildi.
Bunday vaziyat takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘rtasida deputat maqomi, uning vakolatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi belgilandi.