Viloyat Kengashi sessiyasi: Samarqandda yilning ikkinchi yarmidan buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
- 02.04.2021 10:05
- 62
- Salomatlik

Mazkur amaliyotni yo‘lga qo‘yish uchun viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Angioxirurgiya va transplantatsiya bo‘limi, amaliyot bloki to‘liq kapital ta’mirlangan.
Markazda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yili muassasa vrachlari va tibbiy hamshiralardan iborat brigada Toshkent shahrida malaka oshirgan.
Joriy yilning aprel oyida mazkur brigada 2-bosqich malaka oshirishni davom ettiradi.
May-iyun oylarida akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari markazga tashrif buyurib, mahorat darsi sifatida buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini o‘tkazadi.
Rejaga asosan, joriy yilning II yarmidan boshlab viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislarining o‘zlari bunday jarrohlik amaliyotini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz: mazkur amaliyot joriy yil uchun mo‘ljallangan Davlat dasturi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Munosib yashamoq baxti
- Kecha, 11:06
- Samarqand
Ishsizlik muammosiga yechim xorijga ketishmi?
- 12/04, 18:01
- Iqtisodiyot