Viloyat prokurori F.Zufarov sayyor qabulda II guruh nogironiga aravacha berdi

Paxtachi tumani pedagogika kollejida viloyat prokurori F.Zufarov sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Jahonobod mahallasida yashovchi Sh.Ermatova yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchilar kanalizatsiya tizimidagi kamchiliklar, xususan, ularni tozalash uchun aholidan ko‘p miqdorda pul talab qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

Shu mahallada yashovchi I.Kenjayev II guruh nogironi bo‘lib hisobda tursa-da, mutasaddilar uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda sarson qilishayotgani ustidan arz qildi.

Shuningdek, sayyor qabulda elektr energiyasidagi uzilishlar, gaz ta’minoti, ishga joylashtirish, bankdan kredit olishdagi muammolar va boshqa 50 tadan ortiq so‘rovlarning 24 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. 12 nafar fuqaroga ishga yo‘llanma berildi.

-Tug‘ma II guruh nogironiman, - deydi “Bo‘ston” mahallasida yashovchi 27 yoshli Hidoyat Ahadova. - 2-3 yildan buyon nogironlik aravachasi so‘rab ko‘p joylarga murojaat qildim, ammo natijasi bo‘lmadi. Bugun mening murojaatim viloyat prokurorining qabulida ijobiy hal etildi: F.Zufarov menga nogironlik aravachasi berdi.

Savobli va saxovatli ishlarimiz ko‘paysin, hamisha birdam bo‘laylik!

Izzatulla Norquvvatov.