Viloyat prokurori Narpay tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Tadbir viloyat prokurori M.Eshnazarov boshchiligida viloyatdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan.
Sayyor qabul aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida tashkil qilingan.
Sayyor qabulda 31 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etib, bevosita viloyat prokurori qabulida bo‘lgan.
Murojaatlardan 10 tasi joyida ijobiy hal etilib, 14 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilinadigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilingan.
Qabuldan so‘ng viloyat prokurori tashabbusi bilan tumandagi "Ayollar daftari"da turuvchi 52 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari berilgan.
Shuningdek, ”Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 18 nafar yigit-qizlarga kompyuter jamlanmasi hamda 14 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun asbob-uskunalar tarqatilgan.
Xabar qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom etmoqda.