Viloyat sudlari Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda onlayn sayyor qabul o‘tkazdi
O‘tgan qisqa davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik hamda ularni ushbu maqsadda birlashtirib turuvchi samarali mexanizmga aylandi.
Xususan, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha viloyat sudlari raislari tomonidan belgilangan reja asosida tuman va shahar Xalq qabulxonalarida sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganib borilmoqda.
Sayyor qabullar aksariyat hollarda viloyatning uzoq yoki aholi zich joylashgan hududlarida o‘tkazilsa-da, ammo muddat chegaralangani va ayrim hollarda masofa olisligi yoxud murojaat qiluvchi shaxsning moddiy, jismoniy imkoniyati chegaralanganligi bois, ushbu hududdagi aholining aynan sudga taalluqli masalalari yuzasidan bir vaqtning o‘zida ularni qabul qilish imkoni ob’yektiv sabablarga ko‘ra chegaralanmoqda.
Shu sabab, bu galgi sayyor qabul Qo‘shrabot tumani Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda videokonferensaloqa (ZOOM) tizimi orqali o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan 7 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirildi, 2 nafarining arizasi sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi hamda 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi.