Viloyatdagi barcha metan gaz shoxobchalarining ishlash vaqti va kunlari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimi pasaygach, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish uchun barcha hududlardagi metan gaz shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati to‘xtatilgan edi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti viloyat filiali ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelishi natijasida AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ularning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi. Metan gaz shoxobchalari faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgarib boradi.

Quyida ish faoliyati tiklangan barcha tumanlardagi AGTKShlarning ro‘yxati berilmoqda.