Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi nizom tasdiqlandi.

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibini nazarda tutuvchi alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan.