Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi jamoat fondi Davlat grantlari ajratish uchun 1-tur tanlovni e’lon qiladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi jamoat fondi

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tur tanlovni

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

- Aholining ehtiyojmand qatlamlari, xotin-qizlar va yoshlarni iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;

- Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholini  ommaviy sport turlariga keng jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishni kuchaytirish;

- Fuqarolar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish va aholi keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ib etish;

- Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish: bolalarni huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish;

- Norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olishda, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan ishchi kuchi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

- Nodavlat notijorat tashkilotlari kadrlar salohiyatini oshirish, ularga grant yozishga metodik ko‘maklashish hamda ularning faoliyatiga yangi innovatsion yo‘nalishlarni yaratish;

- Mahalla va oilalardagi ijtimoiy ma’naviy-muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xolatlar, o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta nikohning oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- O‘sib kelayotgan yosh avlodda ota-onani, keksalarni hurmat qilish, e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usini shakllantirish;

- Viloyatda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining ijrosi ta’minlash maqsadida jamoatchilik nazoratini o‘tkazish, bosma va elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 31 million so‘mgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 10 maydan 10 iyungacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): 140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi 159-“a” uy manziliga Nodavlat notijorat tashkilotlari va do‘stlik uyi binosi (110-xona), “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.

 Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00