Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilmoqda
Viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov boshqarayotgan sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, xorijda yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil qilish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat sektor rahbarlarining 2024 yil I choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobotlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati prokurori, 2-sektor rahbari M.Eshnazarovning hisoboti;
- Samarqand viloyatining Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari bilan ma’muriy-hududiy chegara chiziqlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lardan samarali va o‘z vaqtida foydalanish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.