Xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq qirq beshinchi sessiyasi boshlandi

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i (J.O‘roqov)ning 2021 yil 9 oy yakuni bo‘yicha byudjet daromadlarining bajarilishi hamda IV chorakda soliq bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (X.Ochilov)ning “Viloyatda beshta muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- Nurobod tumani hokimi F.Zoirovning tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan hisoboti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i (D.Norchayev)ning viloyat ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor rejalari to‘g‘risidagi hisoboti;
- boshqa masalalar.