Xalqaro kasaba uyushma a’zolari o‘zaro tajriba almashishdi
Samarqand shahrida xalqaro qurilish va qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi konfederatsiyasi MKP “Stroitel”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda mazkur tashkilotga a’zo Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlarining soha kasaba uyushmalari kengashlari rahbarlari va faollari qatnashdi.
Yig‘ilishni konfederatsiya raisi Boris Soщyenko ochdi, unda kasaba uyushmalarning oldidagi dolzarb muammolar, ishchi-xodimlar yaratilayotgan shart-sharoitlar va farovonligi ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, muammoli masalalar muhokama etildi.
Tadbirda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi MKP “Stroitel”ga a’zolikka qabul qilinganligi, unda samarali hamkorlikda faoliyat yuritib kelayotgani, kasaba uyushmalari nufuzini xalqaro miqyosda oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonda mazkur kasaba uyushmasi tizmida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar aytib o‘tildi. Kelgusidagi hamkorlikda bajariladigan vazifalar, rejalar belgilab olindi.
Tadbir ishtirokchilari Samarqand shahrining diqqatga sozovor joylarini tomosha qilish barobarida, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishdi.
Karim Boboyev.