Xalqaro kuzatuvchilar referendumni kuzatish bo‘yicha ish boshladi
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining referendumni kuzatish missiyasi Toshkentda o‘z ishini boshladi.
Cheklangan missiya tarkibiga elchi Albert Yonsson (Islandiya) va uning o‘rinbosari Lusine Badalyan (Armaniston) rahbarlik qilmoqdalar.
Missiya tarkibi 10 nafar ekspertlardan, shu jumladan. siyosiy, huquqiy, media hamda saylov sohasidagi tahlilchilar, uzoq muddatli kuzatuvchilar koordinatori, DIIHB idorasi xodimlari va maslahatchilaridan iborat.
DIIHBning cheklangan missiyasi O‘zbekiston MSKning taklifini bo‘lajak referendumda maksimal darajada ochiqlik va demokratiyani ta’minlash istagi sifatida baholaydi. Asosiy guruh ekspertlaridan tashqari missiya tarkibiga 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar ham qo‘shiladi.
Ovoz berish kunidan so‘ng Missiya referendumgacha bo‘lgan davr va referendumdan keyingi faktlarni ko‘rsatuvchi dastlabki bayonotini taqdim etadi.
Shundan so‘ng, referendumni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi amaliyot va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan yakuniy hisobot tayyorlanadi.