Xalqaro standart – eksport kafolati

Xalqaro miqyosdagi yagona standartlarning joriy qilinishi esa xavfsizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlari va energiya samaradorligini oshiruvchi xavf-xatarni baholash, atrof-muhitni himoya qilish texnologiyalarining faol tarqalishiga yordam berdi. 

Xalqaro standartlarni qo‘llash tadbirkorlar va butun mamlakat eksport salohiyatini oshirish va jahon bozoriga chiqishning muhim yo‘llaridan biridir. Chunki dunyo tan olgan andazadagi mahsulotga talab har doim ham yuqori bo‘ladi. Bunday standartlar xalqaro standartlashtirish amaliyotida keng qo‘llaniladi. Ularda ko‘p mamlakatlar uchun xos umumiy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan dunyo ilmiy-texnikaviy yutuqlari va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi umumlashtiriladi. Qolaversa, xalqaro standartlar savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishni ta’minlaydi. Bu Jahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha bitimida tan olingan.

Shunday bo‘lsa-da, xalqaro standartlarni keng miqyosda tatbiq qilish qator sabablarga ko‘ra juda qiyin masala hisoblanadi. Chunki milliy xavfsizlik talablari, aholining hayoti, sog‘lig‘i, mulki, atrof-muhit xavfsizligi, iqlim, jug‘rofiy yoki texnologik muammolar bo‘lishi mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham milliy va xalqaro standart talablarining farqini qisqartirib borish zarur. Buning yechimi sifatida xalqaro andazani milliy standart o‘rnida qo‘llash uning afzalliklarini to‘liq amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa mamlakat eksport salohiyatini oshirishning asosiy sharti hisoblanadi.    

Hozirda respublikamizdagi 6180 ta korxonada O'z DSt ISO 9001,  129 ta korxonada O'z DSt ISO 22000:2009, 35 dan ziyod korxonada O'z DSt ISO 50001:2015 va 540 ga yaqin sinov laboratoriyalarida O'z DSt ISO/IEC 17025:2007 milliy andaza sifatida qo‘llanilayotgan xalqaro standartlar joriy etilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 6 noyabrdagi meva-sabzavot, uzum-poliz va dukkakli ekinlar, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi qarori ham soha rivojiga qaratilgan. Qarorda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xalqaro me’yorlar talablari asosida yetishtirish belgilangan. Buning uchun "O‘zstandart" agentligi tomonidan 2018 yil 1 yanvardan boshlab oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari raqobatdoshligini ta’minlash va eksportni ko‘paytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa ittifoqi komissiyasining 69 ta standarti, Xalqaro sog‘liqni saqlash  tashkilotining 24 ta "Kodeks Alimentarius"  standartlari amaliyotga joriy etildi. 

Azizbek TURDIYeV, 
viloyat
standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Hozirda respublikamizdagi 6180 ta korxonada    O'z DSt ISO 9001,  129 ta korxonada O'z DSt ISO 22000:2009, 35 dan ziyod korxonada O'z DSt ISO 50001:2015 va 540 ga yaqin sinov laboratoriyalarida O'z DSt ISO/IEC 17025:2007 milliy andaza sifatida qo‘llanilayotgan xalqaro standartlar joriy etilgan.