Xameleon-avtomobil, qoshlar uchun printer va aqlli taxtacha: 2023 yilning g‘alati ixtirolari
Yirik brendlar ishtirokidagi CES an’anaviy yanvar yuksak texnologiyalar ko‘rgazmasi oxirgi ikki yil davomida birinchi marta pandemiya cheklovlarisiz o‘tkazildi. Dunyodagi bu nufuzli IT ko‘rgazmasiga yuz mingdan ortiq kishi tashrif buyurib, yangi mahsulot va xizmatlarni baholadi. Har doimgidek ko‘rgazmadagi jiddiy va kutilgan mahsulotlardan tashqari, g‘ayrioddiy va g‘alati qurilmalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. «Lenta.ru» ko‘rgazmadagi ko‘zga ko‘ringan ixtirolarni to‘pladi.
Batareyali televizor
Odatdagidek, CESda juda ko‘p rekord o‘lchamli, rekord qalinlik yoki rekord darajadagi yorqin televizorlar taqdim etilgan. Biroq yana bir tendensiya – simsiz televizorlar etiborga loyiq. LG o‘zining video va tovushlarni “havo orqali” qabul qila oladigan qurilmasini taqdim etdi. Uni to‘liq simsiz deb atash nojoiz, negaki u harqalay elektr tarmog‘idan quvvatlanadi. Uzoq vaqt xizmat qilishga mo‘ljallangan 55 dyuymli 4K OLED qurilmasini yechib olinadigan batareyalar bilan ishlatish mumkin.
Iste’molchi agar xohlasa, gibrid tuzilishga ega televizorni bir nechta panellarga bo‘lib ishlatishi ham mumkin. Gadjetning ko‘rgazma zallari va savdo markazlari uchun qulay moslama bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Ekrani va obunachilari bor oshxona taxtachasi
Blok amerika startapi vaqtini oqilona o‘tkazishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal maishiy gadjetni taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi o‘zining o‘rnatilgan displeyli oshxona taxtachasini shunday tavsiflaydi. Garchi birinchi navbatda undan retseptlar yoki mahsulotlar ro‘yxati va boshqa foydali ma’lumot olish uchun foydalanish ko‘zlangan bo‘lsa-da, ovqat tayyorlab turib, foydalanuvchi har qanday video yoki serialni tomosha qilishi mumkin.
Qurilma ilova bilan birga ishlaydi. Bundan tashqari, gadjetning to‘liq funksiyasini ochish uchun oylik abonent to‘lovi evaziga obuna bo‘lish orqali uy bekalari retseptlar kutubxonasidan foydalanishi va mahsulotlarga buyurtma berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Boshqarilmaydigan bolalar kolyaskasi
Uzoq vaqt davomida farzandlari uchun aravacha tanlay olmagan kanadalik yosh ota-ona Enn va Kevin Xuanger uni o‘zlari yaratishga qaror qilishdi. Muhandis ota-ona klassik aravachani asos qilib olib, uni kompyuter va motor bilan jihozlashdi va unga GlüxKind Ella nomini berishdi. O‘ziyurar GlüxKind Ella innovatsion qurilmasi sakkiz soatlik piyoda sayr qilishga yetadigan elektr motori bilan jihozlangan. Shuningdek, GlüxKind Ella bolani tebratib uxlatadigan rejimga ega.
Soatsiz soat
Nowatch kompaniyasi ko‘rgazmaga aslida asosiy funksiyasi vaqtni ko‘rsatadigan, lekin bu funksiyadan mahrum noyob Awareable smart-soatni olib keldi. Tasmasida o‘rnatilgan biosensor bosib o‘tilgan masofa, yurak urish tezligi va boshqa sog‘liq ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi. Siferblat o‘rniga bezak sifatida kvars, ametist, lazurit kabi qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan.
Rangini o‘zgartiradigan avtomobil
CES 2022 ko‘rgazmasida BMW haydovchining talabiga ko‘ra qoradan oq rangga va aksincha o‘zgartirish mumkin bo‘lgan iX Flow avtomobilini taqdim etgan edi. Bir yil o‘tgach, bavariyalik ishlab chiqaruvchi 32 palitrali yangi i Vision Dee mashinasi bilan qaytdi. Elektr toki ta’sirida siyohli mikrokapsulalar asosida ishlaydigan kuzov haydovchisi bir tugmani bosib, istagan vaqtida, rangli mashinani yig‘ishi mumkin.
Qoshlar printeri
CES ko‘rgazmasining tez-tez ishtirokchisi L’Oréal yuzga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «yangi» qoshlarni chizish orqali qiyofa yaratishga yordam beruvchi Brow Magic printerini taqdim etdi.
Foydalanuvchi brendli ilova yordamida yuzini skanerlaydi va o‘zi yoqtirgan qosh dizaynini tanlaydi. Keyin printerni yuziga qo‘yib qosh chizdirish kerak. Qurilma tasvirni yuz terisiga chop etishga qodir siyohni qo‘llaydi. Ushbu “nashr” oddiy suv bilan yuvib chiqariladi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.