Xastalik erta aniqlansa, uning davosi ham samarali bo‘ladi
Filialning o‘ttizga yaqin oliy toifali shifokorlari uch guruhga bo‘lingan holda tuman markaziy poliklinikasi, qishloq oilaviy poliklinikalarida muqaddam o‘simtali xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Aholi xonadonlariga kirib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.
– Aniqlanayotgan onkologik xastaliklarning aksariyati ayollar ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq, – deydi respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali direktori, professor M.Jo‘rayev. – Afsuski, bu xastalik boshlang‘ich davrda aniqlansagina, davolash imkoni bo‘ladi. Shu bois joylarga chiqib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazyapmiz.
Saraton xastaligiga gumon qilingan fuqarolardan tibbiy tahlil uchun namunalar olinib, ularga tavsiyalar berildi. Uch yuz nafardan ortiq fuqarolar profilaktik ko‘rikdan o‘tdi.
Orifjon ODILOV.