XDP pensiya yoshini o‘zartirmaslik siyosatini ma’qullamoqda
XDP o‘z saylovoldi dasturida 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalarni belgilab olgan.
Jumladan,
– sobiq jamoa xo‘jaligi va shirkat xo‘jaligida mehnat faoliyatini yuritgan fuqarolarning mehnat faoliyatlari davrlarini to‘liq yil sifatida inobatga olish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga bolasi 3 yoshga to‘lguncha uni parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– er yoki xotini vafot etganda hamda vafot etgan shaxs ko‘proq pensiya olgan taqdirda, ushbu pensiyani uning hayot bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga o‘tkazib berish (pensiyani almashtirish) tartibini joriy etish;
– fuqarolarni jamg‘arib borilayotgan pensiya mablag‘larini boshqarish, shu jumladan, ularni doimiy ravishda onlayn ravishda kuzatish, bankka depozitga qo‘yish orqali ko‘paytirib borish imkoniyatini berish;
– pensiyaga chiqib, kamida besh yil ishlab, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni to‘lagan pensionerlar uchun muqaddam tayinlangan pensiyani qayta hisoblab, oshirilgan miqdorda tayinlash imkoniyatini berish;
– pensiyani yoshini o‘zgartirmasdan saqlab qolish bo‘yicha siyosatni davom ettirish.