Xirmoningga baraka, fermer!
- 11.06.2020 14:03
- 39
- Iqtisodiyot
21 ming 336 tonna g‘alla. Paxtachilik g‘allakorlarning bu yil mo‘ljallagan don xirmoni shuncha. Ammo ayni kunda yetishtirilgan hosil cho‘g‘i bundan ortiq rizq-ro‘z yaratilishini ko‘rsatmoqda.
Birgina biz dalasida bo‘lib, bevosita o‘rim-yig‘im ishlarini bir muddat kuzatgan «Qumloq yer saxovati» fermer xo‘jaligi a’zolari har gektardan 68-70 sentnerdan g‘alla oldi.
- 40 gektar yerda g‘alla yetishtirdik, - deydi fermer xo‘jaligi boshlig‘i Ikrom Otamurodov. - Rejamiz 140 tonna. Ammo ko‘rib turganingizdek, dalada bundan ikki hissa hosil bor. Bu ishchilarimiz mehnati samarasi. Davlat omboriga 160 tonnadan ziyod g‘alla yetkazishni ko‘zda tutyapmiz. Ixtiyorimizda qolgan 100 tonna donni ehtiyojimizga ishlatamiz, mahallamizdagi kam ta’minlangan oilalarga tarqatamiz.
To‘lqin Siddiqov,
Baxtiyor Mustanov (foto).
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa