Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti delegatsiyasi Samarqand shahriga tashrif buyurdi
Avval xabar berganimizdek, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, joriy yilning 19 iyun kuni Toshkent shahrida “Yuksalish” umummilliy harakati va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shu kunlarda XXR vakillari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm universiteti faoliyati bilan tanishdilar. Jumladan, delegatsiya a’zolari va ta’lim muasssasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari Baxodir Turoyev mehmonlarga universitet faoliyati hamda o‘quv jarayonlarining borishi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurib, mahalliy aholi bilan muloqotda bo‘ldilar. Xususan, “Registon yulduzi” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi.