Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu o‘z lavozimidan chetlatildi, avvalroq OAV uning "yo‘qolib qolgani" haqda xabar tarqatgandi
- 24.10.2023 21:10
- 75
- Xorij
O‘tgan oyda G‘arb nashrlari Xitoy mudofaa vazirining “yo‘qolib qolgani” haqida yozgan va korrupsiya bo‘yicha tergov ostida ekanligini ma’lum qilishgan edi.
Bugun Xitoy matbuoti vazirning ishdan olingani haqda xabar tarqatdi. Xitoy mudofaa vazirining iste’fosi so‘nggi oylarda mamlakat rahbariyatidagi ikkinchi yirik o‘zgarishdir.
Iyul oyida Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang o‘z lavozimidan chetlashtirilgandi. Bu chetlatish, TIV rahbarining telekanal jurnalisti bilan nikohdan tashqari munosabatlari ortidan ro‘y bergandi.
Xitoy rasmiylari an’anaga ko‘ra, iste’folarga aynan nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmaydi. Sin Gangning taqdiri haqida ham xabar berilmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qat’iyat ortidagi ulkan muvaffaqiyat
- Kecha, 16:50
- O'qing, qiziq!
Samarqand marafoni g‘oliblari aniq bo‘ldi
- Kecha, 13:08
- Sport
Mutolaa: Xazina. Hikoya
- 02/11, 21:14
- Mutolaa