Xitoy o‘z suverenitetiga tajovuz qilayotgan mamlakatlarga tahdid qildi
“Gonkong masalasi faqatgina Xitoyning ichki masalasi bo‘lib qoladi. Agar “Besh ko‘z” ittifoqi mamlakatlari XXR suvereniteti va xavfsizligiga tajovuz qilsa, “ko‘zlari so‘qir” bo‘lib qolishi mumkin”, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan.
Unga qadar Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kanada tashqi ishlar vazirlari va AQSh davlat kotibi tomonidan berilgan qo‘shma bayonotda XXR rasmiylariga Gonkong qonun chiqaruvchilari diskvalifikatsiyasi (mahrum etish) bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilingan edi. Bundan tashqari, razvedka almashuvi va harakatlarni muvofiqlashtirish uchun beshta davlat “Besh ko‘z” razvedka ittifoqiga qo‘shilishi ma’lum qilingan edi.
“Ularning ko‘zi beshta yoki o‘nta bo‘lishidan qat’iy nazar, agar ular Xitoy suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanish manfaatlariga zarar yetkazishga jur’at etsa, unda “ko‘zlari ko‘r” bo‘lib qolmasligi uchun ehtiyot bo‘lishsin”, deya ta’kidladi Chjao Litszyan.