Xitoy rahbari O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, ta’ziya bildirgani va insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Maktubda shunday deyiladi:
“Muhtaram Prezident janoblari!
Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurash munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan, O‘zbekiston Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.
Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor.
Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda Siz bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.
Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekistonga esa ravnaq va farovonlik tilayman.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin”