Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda pirotexnika vositalari portlashi oqibatida bir necha kishi vafot etdi

Xitoy shimoli-sharqidagi Xebey provinsiyasida ro‘y bergan baxtsiz hodisada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar tarqatgan.

Fojia politsiya bo‘limida huquq-tartibot idoralari xodimlari pirotexnikalar sotuvi qonuniyligini tekshirish vaqtida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida 11 kishi bo‘lgan, besh nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.