Xitoyda qayd etilgan o‘lat O‘zbekistonga xavf soladimi?

Xitoyning shimoliy qismidagi Ichki Mo‘g‘uliston hududida bubonli o‘latga chalinish holatlari aniqlandi.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi kasallik mamlakatga xavf solmasligi va xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi.

O‘zbekistonda mavjud tabiiy o‘choqlarda epizootiyalarni vaqtida aniqlab, ularning epidemiyaga aylanib ketmasligini oldini olish bilan muntazam tizimli ravishda shug‘ullanadigan o‘latga qarshi tizim muassasalari mavjud. Ular o‘choqlar faollashgan paytlarda kerakli profilaktik tadbirlar olib borilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, kasallik havo va quruqlikdagi yo‘llar orqali kirib kelishining oldini olish maqsadida 50 dan ortiq chegara kesib o‘tish joylarida kechayu-kunduz faoliyatdagi sanitariya-karantin punktlari tashkil etilgan, deyilmoqda rasmiy xabarda.