Xitoyda suv toshqini, qurbonlar ko‘p

Xitoyda suv toshqinlari oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Favqulodda vaziyat kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan. Tabiiy ofat hududida o‘n minglab odamlar bo‘lgan. Janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasida stixiya olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Xavfli hududlardan 1500 kishi evakuatsiya qilindi.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda ikki kun ichida 100 millimetrga yaqin yomg‘ir yoqqan. Bu iyul uchun o‘rtacha ikki baravar ko‘p. Mutaxassislarning aytishicha, iqlim o‘zgarishi sababli ekstremal ob-havo hodisalari ko‘paymoqda. Iliq havo ko‘proq suv saqlaydi, bu esa bulutlarning yirik «yorilishi» va bo‘shashiga olib keladi.