Xitoydan koronavirusning asl kelib chiqish sabablari to‘g‘risida ma’lumot so‘ralmoqda
Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Gerd Myuller “Funke” media guruhi bilan bo‘lgan suhbatda Pekindan yangi turdagi koronavirusning kelib chiqishi mavzusida aniq va oshkora ma’lumotlarni taqdim etishini so‘radi.
“Xitoyliklar hozirgi dunyo inqirozi vaqtida, to‘la oshkoralikni taqdim etishlari lozim. Ayniqsa, virusning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar borasida”, deya vazirning so‘zlarini keltirdi Rossiyaning NTV telekanali.
Myullerning so‘zlariga ko‘ra, virus Uxan laboratoryalarida kashf qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilishi zarur.
- Koronavirusning Uxandan tarqalishi masalasi bo‘yicha Xitoy tezroq xalqaro ma’lumotlar almashuviga kirishishi lozim, - ta’kidladi vazir.
Oldinroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Amerika tomoni COVID-19 koronavirusi Xitoyning Uxan shahri laboratoriyalarida ishlab chiqilgani to‘g‘risidagi farazni o‘rganishini va uning haqiqiy kelib chiqishini aniqlashni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi. Agar COVID-19 koronavirusi avj olishiga ataylab yo‘l quyganligi aniqlansa, Xitoy uchun buning oqibatlari yaxshi bo‘lmasligi bilan tahdid qildi Tramp.
Shuningdek, birnecha kun ilgari Avstraliya TIV rahbari Maris Peyn, koronavirus pandemiyasining Uxan shahridagi kelib chiqishini o‘rganish uchun global tekshiruv o‘tkazilishi zarur ekanligini ta’kidlagan edi. Uning fikriga ko‘ra, mazkur tekshiruv JSST rahbarligi ostida bo‘lmasligi lozim.