Xitoylik olimlar koronavirusning tajovuzkor shtammi haqida e’lon qildi

Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqargan COVID-19 kasalligining patogenezi ushbu patogenning shtammiga qarab o‘zgarishi mumkinligini aniqladi.

MedRxiv portalida e’lon qilingan tadqiqotda mutaxassislar xitoylik 11 nafar bemorning turli xil koronavirus mutatsiyalari namunalarini o‘rganib chiqdi hamda turli xil shtammlarning inson hujayralariga tezda kirib borishini aniqladi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, topilgan eng tajovuzkor mutatsiyalar hozirda Italiya va Ispaniyada keng tarqalgan. Nisbatan faolrog‘i esa AQShda  uchramoqda.

COVID-19 virusini chaqiruvchi eng agressiv shtammlar eng zaiflariga qaraganda 270 baravar ko‘p.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, zaif koronavirus mutatsiyalari odamlarning barcha guruhi uchun o‘lim xavfini kamaytiradi.

Deylik, 30 va 50 yoshdagi ikkita bemor zaif mutatsiyalarni yuqtirib oldi, kasallik ikkilasi uchun ham qiyin kechadi. Ammo ular tuzalib ketadi. Lekin nisbatan keksa bemor intensiv terapiyada davolanadi.