Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yanni xonim Samarqand davlat universiteti faxriy professori bo‘ldi
- 14.03.2019 17:01
- 135
- Ta’lim

Shu yilning 12 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim Samarqand davlat universitiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari va olimlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Universitet rektori R.Xolmurodov va elchi xonim o‘rtasida Xitoyning bir qator universitetlari bilan ta’lim sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tuzilgan dasturlar tahlil qilindi.
Szyan Yan xonim SamDU talaba yoshlariga Xitoy universitetlarida tahsil olish uchun 2 ta o‘rin ajratilishini, shuningdek, kelgusi o‘quv yili boshida SamDUda faoliyat ko‘rsatish uchun ikki nafar xitoy tili o‘qituvchisi kelishini ma’lum qildi.
Tashrif yakunida Szyan Yan xonimga SamDUning faxriy professori diplomi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
SamDU xalqaro hamkorlik va matbuot bo‘limi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 46 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat