Xodimning ish haqidan qanday hollarda ushlab qolinishi mumkin?
Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinadi:
➖ belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
➖ sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
➖ oldindan berilgan maqsadli pullar (masalan, xizmat safarlari uchun berilgan va ishlatilmay qolingan avans) bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;
➖ mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;
➖ xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
➖ intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.
Ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimning ish haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. Ushbu cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda ushlab qolinadigan haqning miqdori 70 foizdan ortib ketmasligi lozim.