Xorazmda kuzatilgan kuchli shamol uylarning tomini uchirib yubordi

Kecha, 17 may kuni Xorazm viloyatiga 15-25 m/s. tezlik bilan taxminan soat 17:00 larda kuchli shamol oqimi kirib kelgan. Bu haqda FFV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuchli shamol tufayli ayrim korxona, tashkilot va ko‘p qavatli turar joylarning tom qismlarini uchirib, pastga qulash holatlari yuz bergan.

Ushbu noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 3 ta maxsus texnika va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilgan.