Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ispaniyalik fermerlar chegara yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi. Navalniyning dafn marosimida qatnashgan talabalar o‘qishdan haydalishi aytildi

🔹 Bugun Putinning Federal Majlisga murojaatida Ukrainadagi urushni rus xalqi qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi.
Shuningdek u Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi munosabati bilan g‘arbiy yo‘nalishda Rossiya Qurolli Kuchlari guruhlarini jiddiy ravishda kuchaytirishini ma’lum qildi.

🔹 Ispaniyalik fermerlar Fransiya bilan chegaradagi avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi. Fermerlar bir necha kundan beri avtomagistralni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar tomonidan adolatsiz raqobat tufayli to‘sib qo‘yishgan. Ularning fikricha, chetdan kelgan qishloq xo‘jaligi tovarlari Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan bir xil mezonlarga ega bo‘lmasligi kerak.

🔹 Prezident huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi talabalarni Navalniyning dafn marosimida qatnashgani uchun darhol haydash bilan tahdid qilgan.

🔹 Kuzda Norvegiyada topshiriladigan 2024 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti uchun 285 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Avvalroq mukofotga NATO bosh kotibi va Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg, amerikalik milliarder Ilon Mask, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, britaniyalik tabiatshunos Devid Attenboro, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, Rim papasi va BMT kotibi nomzodi haqida xabar berilgan.

🔹 Yana bir shtat - Illinoys sudi qarori bilan Amerikaning sobiq yetakchisi va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Respublikachilar partiyasining birlamchi saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi.

🔹 Qo‘shma Shtatlarda 40 yil muqaddam jinoyatlar uchun sudlangan keksa manyak Tomas Krik o‘lim hukmi ijro etilgandan keyin tirik qoldi. Zaharli ukolni kiritish uchun mas’ul bo‘lgan tibbiy guruh mahbus tomiriga tusholmagan. Muvaffaqiyatsiz qatldan so‘ng konferensiyada jazolar departamenti rahbari shifokorlarga ishonishini va bu voqeani omadsizlik deb hisoblamasligini aytgan.

🔹 Tugallangan tibbiy ko‘rik AQSh prezidenti Jo Baydenning ahvolida o‘zgarish aniqlamadi, ko‘rsatkichlar avvalgi(2023 yilda u sog‘lom va baquvvat, asab kasalligi yo‘q" deb ko‘rsatilgan)dek. "Ular meni juda yosh ko‘rinadi, deb o‘ylashadi", hazillashgan davlat rahbari shifokorlar haqida va "yaxshi ekanini" qo‘shimcha qilgan.

🔹 Finlyandiya harbiy yordam paketlari doirasida Ukrainaga berilgan qurollardan geografik foydalanishni cheklamaydi, ular Rossiyadagi ob’yektlarida ishlatilishi mumkin. Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni Andrus Merilo Yle nashriga bergan intervyusida “G‘arb davlatlari Ukrainaga bergan qurollardan faqat Ukraina hududida foydalanishni cheklab xato qilishgan"ini aytgan.

🔹 Qirg‘izistonda yangi suv omborlari paydo bo‘ladi. To‘n, Qo‘chqor va Jumg‘ol viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish loyihasi doirasida 3 ta suv ombori qurilishi boshlanadi.

🔹 Amerikaning PlanetRisk kompaniyasi Vladimir Putinning harakatini kuzatishga uringan. Kompaniya "Putin qayerga ketayotganini va uning atrofida kimlar borligini bilgan". Bu haqda Wall Street Journalning sobiq jurnalisti Bayron Tau kitobiga tayanib yozadi. 2016 yilda kompaniya tijorat ma’lumotlaridan foydalangan holda smartfonlarni kuzatish uchun “Lokomotiv” texnologiyasini ishlab chiqqan. Qurilma haydovchi, xavfsizlik xodimlari, siyosiy maslahatchilarga tegishli bo‘lgan.

🔹 Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish marosimi noma’lum sanaga qoldirildi. Vengriyaning saylangan prezidenti Tamashu Shuyoku o‘z lavozimini egallashga kirishmagani uchun tadbir kelgusi hafta kutiladi. Shu yil 26 fevral kuni Vengriya parlamenti Konstitutsiyaviy sud raisi Sujokni besh yilga mamlakat prezidenti etib sayladi.

🔹 Janubiy Afrikagi Chad mamlakatida hukumatni ag‘darishga qaratilgan qurolli to‘qnashuvlar boshlangan edi. Keyinroq mamlakat poytaxti Ndjamena ko‘chalarida zirhli texnikalar paydo bo‘lgan. Hukumat kuchlari “Chegara bilmas sotsialistik partiya” shtab-kvartirasiga bostirib kirgani, muxolifat yetakchisi Yaya Dillo vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi. Voqealar may oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik pallasiga to‘g‘ri kelmoqda.