Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil Eronning ehtimoliy hujumiga javob zarbasi berishni ko‘rib chiqmoqda
🔹 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 4 avgust kuni armiya va razvedka xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda, xususan, agar Eron tomonidan hujum muqarrar deb topilsa, unga qaytaruvchi zarba berish muhokama qilindi. Isroil Eron va uning ittifoqchilaridan nima kutishni bilmaydi, shuning uchun hujumga javob yoki oldini olish variantlarini ko‘rmoqda. 31 iyulga o‘tar kechasi Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eronning o‘ldirilishida harakat Isroilni aybladi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishni buyurdi.
🔹 Osiyoda fond indekslari quladi. 5 avgust kungi savdolar yakunida Yaponiyaning Nikkei 225 fond indeksi 12,4 foizga pasayib, 31 458,42 punktni tashkil qildi. Bu (14,9 foiz) yo‘qotish 1987 yil 20 oktyabrdan beri eng katta qulashdir. Shuningdek, Tayvan, Janubiy Koreya, Hindiston, Avstraliya indeksi pasaygan.
🔹 Bangladeshda bir oy oldin ommaviy norozilik namoyishlari hukumat ishlari uchun kvotalar tizimini tugatish talabi bilan boshlangan edi, ammo politsiya va hukumat tarafdorlari bilan to‘qnashuvlar zo‘ravonlikka aylandi. To‘qnashuvlarda kamida 300 kishi, jumladan 14 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bugun namoyishchilar vazir qarorgohiga bostirib kirishgan va bosh vazir Shayx Hasinani iste’foga chaqirishini talab qilishgan. Bosh vazir Shayx Hasina iste’foga chiqqan va singlisi bilan mamlakatni tark etgan. Bangladesh armiyasi qo‘mondoni mamlakatda o‘tish davri hukumati tuzilishini aytdi.
🔹 Fransiya prezidenti Emmanuel Makron muxolifat vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda, hukumatga ishonchsizlik votumini boshlamasligi evaziga ular taklif qilgan bir qator choralarni amalga oshirishga tayyor. Fransiyada navbatdan tashqari parlament saylovlarining kutilmagan natijasi tangligi davom etmoqda, bunda Makron koalitsiyasi ikkinchi o‘rinni egallab, bosh vazirni iste’foga chiqishga majbur qilgan. Mavjud siyosiy vaziyat Makronni muxolifat bilan murosa izlashga majbur qilmoqda.
🔹 O‘tgan 24 soat ichida G‘azo sektorida 33 falastinlik halok bo‘lgan, yana 118 nafari yaralangan. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qiladi. Isroil armiyasining G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan buyon olib borgan amaliyotlari natijasida qurbonlar soni 39 ming 583 nafarga, jarohatlanganlar soni 91 ming 398 nafarga yetgan.
🔹 Amerikaning sobiq yetakchisi, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning aytishicha, uning saylovdagi raqibi Kamala Xarris boshqa mamlakatlar yetakchilari bilan raqobatlasha olmaydi, chunki uning IQ darajasi juda past. U, xuddi Jo Bayden kabi, ikkita jumlani bog‘lay olmaydi", - deydi siyosatchi.