Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil Rafahga qurolli hujumga tayyorlanmoqda, Misr beton devor qurmoqda. Yamanga tashlangan har bir bomba 1 million dollarga tushadi

🔹 Falastindagi Rafah shahri mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan yuz minglab qochqinlar bilan gavjum. Juma kuni Isroil rasmiylari shaharda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish niyatlarini tasdiqladi. Bu qaror xalqaro miqyosda kuchli norozilik uyg‘otdi. Misrning Rafah yaqinidagi chegarasi bo‘ylab beton devor ko‘tarilgan.

🔹 Isroil rasmiysi Benni Gantz agar HAMAS G‘azoda garovga olinganlarning hammasini ozod qilmasa, Isroil 10 mart kuni Rafahga hujum boshlaydi, deya ma’lum qilgan.

🔹 Myunxendagi konferensiyada Yevropa diplomatiyasi Jozep Borrel vaqt kamayib borayotgani sababli Ukrainaga yordamni tezlashtirishga chaqirgan. U Yevropa Ittifoqining Yaqin Sharqdagi roli haqida ham gapirib, G‘arbiy Sohildagi vaziyatni “portlovchi” deb atagan va Ukrainaga yordam masalasi “3 oy ichida hal qilinishi” mumkin degan.

🔹 G7 guruhiga a’zo davlatlar Rossiyani muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limi holatlariga oydinlik kiritishga chaqirmoqda. Ayni paytda Aleksey Navalniyning jasadi Salexardagi o‘likxonadaligi va unda ko‘karishlar borligi aytilmoqda. Shanba kuni Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnaya o‘g‘li vafot etgan koloniyaga kelgan va u yerda unga o‘lim haqida rasmiy xabar berilib, o‘g‘lining jasadi Salexarda ekanligi aytilgan. Biroq, u yerda bu ma’lumot rad etilgan.

🔹 Ukraina oxir-oqibat o‘z hududining bir qismini Rossiyaga berishiga to‘g‘ri keladi, degan Myunxendagi xavfsizlik anjumanida ishtirok etgan amerikalik senator J.D.Vens. AQSh Kongressida u Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshilardan biri sifatida tanilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “Sharqiy Yevropadagi quruqlikdagi urushni cheksiz muddatga qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqarish quvvatiga ega emas”.

🔹 Tramp kabi qalin, oltin va bardoshli: AQShning sobiq prezidentidan krossovkalar. AQShning sobiq prezidenti o‘zining krossovkalarini chiqardi. Uning taqdimoti Filadelfiyadagi ko‘rgazmada bo‘lib o‘tdi. "T" harfi va yon tomonlarida AQSh bayrog‘i tushirilgan tilla krossovkalar asosiy xit bo‘ldi. Ularning tiraji bor-yo‘g‘i ming juft, har birining o‘ziga xos raqami bor va tasodifiy tanlangan o‘ntasida Trampning imzosi bor.

🔹 Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi respublikaning qator viloyatlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiya davomida diniy ekstremistlarning 8 guruhi zararsizlantirilgani haqida xabar berdi.

🔹 Yamanga berilgan har bir zarba millionlab dollarga tushadi. Bu haqda Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi. “Biz Yamanni bombardimon qilmoqdamiz, har bir bomba esa bir million dollar turadi, muhimi, ko‘plab odamlarni o‘ldiryapsiz”, dedi u Michigandagi tarafdorlariga.

🔹 Papua-Yangi Gvineyada qabilalar o‘rtasidagi otishmada kamida 53 kishi halok bo‘lgan.