Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Quddus chekkasida terrorchilik hujumi. Rossiyada Navalniy yodgorligida hibsga olinganlar harbiy xizmatga jalb etilmoqda
🔹 Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar yozgacha to‘xtatildi.
🔹 Vladimir Zelenskiyning idorasi 25 fevral kuni Ukraina kelajagi bo‘yicha konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden San-Fransiskodagi yopiq saylovoldi kampaniyasida nutq so‘zlab, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “aqldan ozgan itvachcha” dedi. "Bizda Putin va boshqalar kabi aqldan ozgan itvachchalar bor va biz doimo yadroviy mojaro haqida qayg‘urishimiz kerak, ammo insoniyat uchun ekzistensial tahdid - iqlim", dedi Bayden.
🔹 Quddus chekkasida terrorchilik hujumi: qurollangan falastinliklar magistral yo‘lda mashinalarga qarata o‘t ochdi Isroil politsiyasi Maale Adumimdagi otishma terrorchilik hujumi ekanligini aytgan. Kamida bir kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar bor. Ikki falastinlik hujumchi halok bo‘lgan.
🔹 Rossiyada Navalniy yodgorligida hibsga olinganlar harbiy xizmatga jalb etilmoqda. Bungacha ularning barchasi ma’muriy qamoqqa olingan.
🔹 Venesuyeladagi Bulla Loka konida avariya oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana yuz kishi vayronalar ostida qolib ketgan.
🔹 Jo Bayden Gollandiya bosh vazirining NATO bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
🔹 Turk Harbiy-dengiz kuchlari Somalini bilan imzolangan mudofaa va iqtisodiy hamkorlik shartnomasi doirasida 10 yil davomida uning quruqlik suvlarini qo‘riqlaydi.
🔹 Ilon Mask Oq uyga kutilmagan tashrif bilan bordi.