Xorij xabarlari: Qirg‘izistonda elektron maktab ochiladi. Ilon Mask AQSh prezidentlarining aqliy qobiliyatini majburiy sinovdan o‘tkazishga chaqirdi

🔹 Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va talabalar elektron kitoblar orqali yangi ma’lumotlarni onlayn olish, onlayn platformada topshiriq, test, audio va video materiallardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha kerakli materiallarni yuklaydi.

🔹 Britaniyada Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli choy taqchilligi sarosimasi - odamlar do‘konlarda choyni ommaviy sotib olishmoqda. Sababi importdagi og‘ir vaziyat tufayli yetkazib berishda uzilishlar bor. Do‘kondorlar ahvol yoqalashishgacha yetishidan xavotirda. Mamlakatda shunday vaziyat koronavirus pandemiyasi davrida hojatxona qog‘ozi tufayli sodir bo‘lgan.

🔹 AQSh Rossiyaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirayotgan turk banklarini ogohlantirdi. Fevral boshida turk banklari rossiyalik yuridik shaxslarning hisob raqamlarini yopishni boshladi va Rossiyadan turk bank kartasini ochmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi.

🔹 Ilon Mask AQSh prezidentlarining aqliy qobiliyatlarini majburiy sinovdan o‘tkazishga chaqirdi. "Asosiy kognitiv testdan o‘tish "yadro chemodan"chasini boshqaradigan shaxs uchun ixtiyoriy bo‘lmasligi kerak", deb yozgan Mask. Avval AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va Donald Trampga shifokor bo‘lib ishlagan kongressmen Ronni Jekson Jo Bayden aqliy sinovlardan o‘tishi kerakligini aytgan edi.

🔹 "Bu uyat! Bu xavfli! Bu amerikacha emas!" - Bayden Trampga nisbatan shunday degan. Tramp Rossiyani NATO mamlakatlariga aralashishini qo‘llashini aytganidan keyin prezident Jo Bayden Donald Trampni ana shunday tanqid qilgan.

🔹 Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rahbari Konstitutsiya va Qur’onga qasamyod qildi.