Xorijdagi voqealar qisqa xabarlarda: Xitoy "Tolibon"ni tan oldi. NATO Bosh kotibi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod. Xusiylar Isroilga ketayotgan Amerika savdo kemasiga zarba berdi

🔻 HAMAS harakati jangarilari uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishni talab qilmasdan, falastinliklarni bosqichma-bosqich ozod qilishga rozi bo‘ldi. Kelishuvga yaqinda Parijdagi uchrashuvda erishildi. Biroq hal qilinishi lozim bo‘lgan shartlar hamon bor.

🔻 Xitoyda Si Szinpin Tolibon tomonidan tayinlangan afg‘on elchisini kutib oldi. Bu Xitoy “Tolibon”ni rasman tan olganini bildiradi.

🔻 NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Bungacha AQShning sobiq prezidenti Tramp nomzodi Tinchlik uchun Nobel mukofotiga ilgari surilgani ma’lum bo‘lgan edi. Fox News eslatishicha, Tramp allaqachon mukofotga bir necha bor nomzod qilib ko‘rsatilgan. Ammo sobiq prezident bunga erisha olmagan.

🔻 Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Zalujniy ishdan bo‘shatiladi. Bu haqda Amerikaning CNN telekanali xabar bermoqda. Zelenskiy fevral oyi boshida farmon imzolashi kutilmoqda.

🔻 Yamandagi Husiylar harakati Isroilga yo‘l olgan Amerika savdo kemasiga raketa hujumi uyushtirdi. Zarba Qizil dengizda Amerikaning Gravely esminetsiga hujum qilinganidan bir necha soat o‘tib berilgani ta’kidlanadi.