Xorijiy tillar bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasi yakunlandi

Ingliz, nemis, fransuz tillari va tojik tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

29-30 may kunlari Samarqandda ushbu fanlardan quyi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 135 nafar bilimdonlar bellashdi.

O‘quvchilarning bilimlarini viloyatlardan tashrif buyurgan 28 nafar, jumladan, Buxoro (1 nafar), Jizzax (1 nafar), Navoiy (3 nafar), Namangan (2 nafar), Qashqadaryo (1 nafar), Surxondaryo (2 nafar), Toshkent (1 nafar), Xorazm (2 nafar), Samarqand (8 nafar) viloyatlaridan hamda respublika oliy ta’lim muassasalaridan (7 nafar) jalb qilingan haqamlar hay’ati baholab bordi.

Hakamlar hay’ati tomonidan barcha o‘quvchilarning yozma ishlari hamda test sinovlari tekshirilib baholandi. Natijalarga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni quyidagi o‘quvchilar egallashdi:

Tojik tili va adabiyoti fani bo‘yicha:

🥉 3-o‘rinni – 80 ball bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 43-maktab o‘quvchisi Ro‘ziyeva Xosiyat Elmurodovna;

🥈 2-o‘rinni – 83 ball bilan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 12-maktab o‘quvchisi Safarova Gulruxsor Imomnazarovna;

🥇 1-o‘rinni – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 88-maktab o‘quvchisi Abdulloyev Zikrillo Zubaydullozoda egalladi.

Fransuz tili fani bo‘yicha:

🥉 3-o‘rinni – 78 ball bilan Qashqadaryo viloyati G‘o‘zor tumanidagi 70-maktab o‘quvchisi Bo‘riyev Muhammadjon Bahrom o‘g‘li;

🥈 2-o‘rinni – 79 ball bilan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 51-maktab o‘quvchisi Saidkarimova Sadiyaxon Xurshidovna;

🥇 1-o‘rinni – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashgan maktab-internati o‘quvchisi Hayitboyeva Dilnoza Ne’mat qizi qo‘lga kiritdi.

Nemis tili fani bo‘yicha: 

🥉 3-o‘rin – 85,8 ball bilan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 60-maktab o‘quvchisi Norboyeva Malika Jamolovna;

🥈 2-o‘rin – 86,0 ball bilan Samarqand viloyati SamDChTI qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Mamatmurodova Iroda Fazliddin qizi;

🥇 1-o‘rin – 90,4 ball bilan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 60-maktab o‘quvchisi Xojiakbarov Akbarxon Abrorovichga nasib etdi.

Ingliz tili fani bo‘yicha:

🥉 3-o‘rinni – 95 ball bilan Navoiy viloyati Navoiy shahar akademik litseyi o‘quvchisi Usmonova Kamola Otabek qizi;

🥈 2-o‘rinni – 95 ball bilan Toshkent shahar Mirobod tumani akademik litseyi o‘quvchisi Bia Danil Arturovich;

🥇 1-o‘rinni – 96 ball bilan Xorazm viloyati Urganch shahridagi 25-maktab o‘quvchisi Botirboyeva Shohista Omonbek qizi egalladi.

Taqdirlash marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva olimpiada ishtirokchilari va g‘oliblarni tabrikladi. Ishtirokchilar sertifikat, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar amaldagi tartibga ko‘ra, g‘oliblikni egallagan fanidan oliy ta’limga kirishda maksimal ball beruvchi sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Ushbu sertifikat uch yil muddatga amal qiladi.