Xushvaqt Kafiyev - yilning faxriy hakami

Kurash federatsiyasi 2021 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi

Toshkent shahridagi “Ichan qal’a” mehmonxonasida Kurash federatsiyasi tomonidan 2021 yilning eng yaxshilari ma’lum qilindi. E’tiborlisi Samarqandlik Xushvaqt Kafiyev “Yilning faxriy hakami” deb topilgan bo‘lsa,– viloyatimizning yana bir vakili Gulmira Ismatova “Yil ayol hakami” deya e’lon qilindi.

Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin:

“Yilning faxriy kurashchisi” – Abdirashid Mirzayev (Qashqadaryo);

“Yilning faxriy hakami” –Xushvaqt Kafiyev (Samarqand);

“Yil kurashchisi”– Umid Esanov (Navoiy);

“Yil ayol kurashchisi” – Filura Ergashova (Qashqadaryo);

“Yil murabbiysi”– Oxunjon Samandarov Oxunjon (Buxoro);

“Yil ayol murabbiysi” – Manzura Tursunova (Surxondaryo);

“Yil hakami”– Alisher Xudoyberdiyev (Farg‘ona);

“Yil ayol hakami” – Gulmira Ismatova (Samarqand);

9. “Yilning matbuot kotibi” – Xushnud Hojiyev (Xorazm);

10. “Yilning eng fidoyi ijrochi direktori” – Serik Jusipbekov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi);

11. “Yilning eng faol federatsiya raisi” – Botir Qudratxo‘jayev Botir Baxromovich (Xorazm);

12. “Yil kurash homiysi” – OOO "Istiqlol dizayn markazi" Baxtiyor Umarov.