Xususiy maktabda 83 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar ovqatdan zaharlandi

Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy” nodavlat ta’lim muassasasida 30 sentyabr kuni 83 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar ovqatdan zaharlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 sentyabrda maktabga kelgan o‘quvchilar soni 217 nafarni tashkil etgan. Tushlik paytida 75 nafar o‘quvchi hamda 7 nafar o‘qituvchi ovqatdan zaharlangan.

Soat 19:00 holatiga ko‘ra, zaharlanganlardan 12 nafar o‘quvchi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga, 14 nafar o‘quvchi va 3 nafar o‘qituvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Andijon filialiga hamda 49 nafar o‘quvchi va 4 nafar o‘qituvchi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda zaharlangan o‘quvchi va o‘qituvchilar shifokor nazoratida bo‘lib, ularning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda.