XX asr davomida dunyo xaritalaridan yo‘qolib qolgan davlatlar

XX asrda vaqti-vaqti bilan dunyoning siyosiy xaritasini qayta chizishga to‘g‘ri kelgan ko‘plab voqealar sodir bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi va mahalliy mojarolar mavjud davlatlarni tom ma’noda o‘z komiga tortib yubordi, ularni parchalanish va zaiflanishga majbur qildi.

Yigirmanchi asrning boshlarida bir necha o‘nlab davlatlar mavjud bo‘lib, ko‘pchilik yerlar ularning mustamlakalari hisoblangan va o‘z-o‘zidan ravshanki, ular mustaqil birliklar bo‘la olmagan. Shunga qaramasdan XX asr oxiriga kelib, ikki yuzdan ortiq davlat bor edi, biroq yigirma birinchi yuzyillikka hamma ham kira olmadi.

Seylon

Сегодня государство известно как Демократическая Социалистическая Республика Шри-Ланка / Фото: littletravel.ru

Ushbu Janubiy Osiyo davlati deyarli besh asr davomida (1505-1972) mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda davlat Shri-Lanka davlat sotsialistik Respublikasi sifatida tanilgan. O‘zining boy plantatsiyalari tufayli VII asrdan boshlab Seylon arab mamlakatlari keyinroq esa Yevropa mamlakatlari bilan faol savdo aloqalarini olib borgan. Vaqti-vaqti bilan hududlarni portugallar, gollandlar va inglizlar boshqarib turgan. Seylon 1948 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi va 1972 yilda o‘z nomini o‘zgartirdi.

Chexoslovakiya

После распада СССР Чехословакия стала независимой, однако в 1992 году чехи и словаки разделились на самостоятельные страны / Фото: a.d-cd.net

Asvtriya-Vengriya imperiyasi xarobalarida tashkil topgan Chexoslovakiya fashistlar uning hududiga bostirib kirgunga qadar, ya’ni 1918 yildan 1938 yilgacha tinch-totuv yashab kelgan.
1945 yilda Qizil armiya davlatni ozod qildi va davlat boshiga Ittifoqqa sodiq hukumatni qo‘ydi. SSSR parchalanganidan keyin Chexoslovakiya o‘z mustaqilligiga erishdi, shundan so‘ng 1992 yilda chexlar va slovaklar mustaqil ikki davlatga bo‘lindi.

Birlashgan Arab respublikasi

Страна в ближневосточном регионе, одновременно расположенная и в Передней Азии, и в Северной Африке / Фото: 1.bp.blogspot.comBir vaqtning o‘zida G‘arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikada joylashgan Yaqin Sharq mamlakatidagi davlat. Shunisi e’tiborga loyiqki, u 1958 yilda Suriya va Misrning umumiy dushmani - Isroilga qarshi siyosiy ittifoqlik natijasida tashkil topgan. Uch yil o‘tgach, Suriya ichki kelishmovchiliklar tufayli ittifoqni tark etdi va hozirgi Misr 1971 yilgacha BAR deb nomlangan.

Yugoslaviya

После освобождения Иосип Броз Тито, революционер и лидер югославских партизан, возглавил страну / Фото: upload.wikimedia.org

Yugoslaviya 1918 yilda Avstriya-Vengriya qoldiqlaridan tashkil topgan yana bir davlatdir. U turli urf-odat va madaniyatlarga ega 20 dan ortiq etnik guruhlarni birlashtirgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida davlat nemislar tomonidan bosib olingan. Ozodlikdan so‘ng inqilobchi va Yugoslaviya partizanlari yetakchisi Iosip Broz Tito mamlakatga rahbarlik qildi va sotsialistik yo‘nalishni boshqardi. Tito vafotidan keyin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin yomonlasha boshladi. 1991 yil inqirozi natijasida oltita respublikadan to‘rttasi: Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Kosovodagi serb va albanlar o‘rtasida boshlangan millatlararo mojaro BMT va NATO tinchlikparvar kuchlarining aralashuvidan so‘ng yakunlandi. Qolgan ikki – Chernogoriya va Serbiya respublikalari esa faqat 2003 yilda mustaqilikka erishdi.

Tibet

Тибет - одно из древнейших государств на территории Центральной Азии, его история насчитывает несколько тысячелетий / Фото: makddu.ru

Tibet Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimgi davlatlardan biri bo‘lib, uning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. Lekin aynan 1912 yilga kelib Dalay-Lama–XIII Tibetning Xitoy Xalq Respublikasidan mustaqilligini va Tibet davlati tashkil etilganini e’lon qildi. Bu holat Xitoyni qanoatlantirmadi. 1949 yilda hokimiyat tepasiga Mao Szedun keldi va 1950 yilda Xitoy Sharqiy Tibetga hujum qilib, davlatni egallab oldi. O‘shandan buyon XXR tarkibida avtonom viloyati bo‘lib qolgan Tibet baribir o‘z mustaqilligiga intilib kelmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.