Yahudiylar "pesax"ni nishonladi
– Ushbu bayram arafasida xotin-qizlarimiz "Baxsh", "Oshi sabo", "Sirkanez" kabi milliy taomlarni tayyorlashadi, – deydi viloyat yahudiy milliy-madaniy markazi raisi Grigoriy Olvovskiy. – Bemorlar, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olib, ularga ham moddiy, ham ma’naviy yordam ko‘rsatamiz. Haftada bir marta sinagog-ibodatxonamizga kelib, qadimiy urf-odatlarimizga binoan diniy marosimlarni o‘tkazamiz.
Tadbirga Isroil va Rossiyadan ham mehmonlar tashrif buyurib, bayram va diniy marosimlarda ishtirok etishdi.
– O‘zbekistonga birinchi bor kelishim, – deydi isroillik Avraam Ambrozo. – Ammo bu yurtning tabiati, odamlarini, ayniqsa, tarixiy-me’moriy yodgorliklarini ko‘rib mahliyo bo‘lib qoldim. Barcha millat va elat vakillarining ahil yashab kelayotganliklariga, milliy urf-odat, tili va boshqa diniy marosimlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratilganiga havasim keldi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.