Yana bir oila is gazidan zaharlandi

Joriy yilning 4 dekabr kuni soat 07:00 larda Andijon viloyati Ulug‘nor tumani, Shahriobod mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan N.J, uning oila a’zolari - 1986 yilda tug‘ilgan N.J, 2006 yilda tug‘ilgan Sh.Yu, 2007 yilda tug‘ilgan O.Yu va 2010 yilda tug‘ilgan M.J isitish pechining mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Oqibatda Sh.Yu voqea joyida vafot etgan, qolgan jabrlanuvchilarning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.