“Yandeks.Taksi” Qozog‘istonda tergov qilinmoqda

Qozog‘iston Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi “Yandeks.Taksi” kompaniyasini narxlash shartlari bilan bog‘liq holda tekshirmoqda. Bu haqda chorshanba kuni agentlik vakili ma’lum qildi.

Yanvar oyida agentlik sheriklar bilan raqobatga qarshi shartnomalar tuzgani taxmin qilinayotgan servisga nisbatan tekshiruv boshlagan.

Agentlikka ko‘ra, taksi bozorida “Yandeks.Taksi” tarifini o‘rnatish bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Ya’ni, transport xizmatining 17-20% komission olishi hamda noqulay ob-havo, bayramlarda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish ortib borayotgan talabga binoan dinamik narxni oshirish hollari o‘rganilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar agentlik xizmat ko‘rsatish tomonidan monopol yuqori narxlarni aniqlasa, javob choralari ko‘riladi va komissiya qisqartiriladi.

"Umuman olganda, taksi bozorini raqamlashtirish har qanday holatda ham bozorni monopollashtirishga olib keladi, chunki bu yerda marjinallik (marjaning daromadga nisbati, mahsulot tannarxi va uning bozor bahosi o‘rtasidagi farq o‘lchovi) past. Agregatorlar xizmat hajmi o‘sishidan daromad oladi. Boshqacha aytganda, talab qanchalik yuqori bo‘lsa, narx ham shuncha o‘sadi. Tariflar oshishiga ham shu sabab bo‘lmoqda”, - deya tushuntirgan agentlik vakili.

Shu bilan birga, bozorda raqobat borligi eslatilgan. "Yandeks.Taksi"dan tashqari, InDriver va boshqa agregator hamda taksi kompaniyalari mavjud. Bunda mijoz qaror qabul qiladi, - deyiladi Qozog‘iston OAV xabarlarida.