Yangi transportlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatga olishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi
Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
➖ tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transportlar va ularning tirkamalari – bir yilda ikki marta;
➖ ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lmagan transportlar – ikki yilda bir marta;
➖ ishlab chiqarilganiga 6 yildan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transportlar – bir yilda bir marta;
➖ tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi – shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
➖ navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida.
Yangi transportlar DYHXX organlarida ro‘yxatga olishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.