Yangi yilni kim qanday va qayerda nishonlaydi?

Qadimgi dunyoda Yangi yil qanday nishonlangan va uning kelishini qaysi davlat birinchi bo‘lib kutib olgan? E’tiboringizga Yangi yilni turli mamlakatlarda qanday nishonlanishi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Qadimgi Vavilonda Yangi yil martda nishonlangan

20 интересных фактов про Новый год со всего мира

Eng avval Yangi yil bayramlari taxminan 4 ming yil oldin qadimgi Vavilonda bo‘lib o‘tgan. Vavilonliklar uchun bahorgi tengkunlikdan keyingi birinchi yangi oy (bizda Navro‘z bayrami) yil boshlanishini anglatgan.

Ushbu kun sharafiga Akitu festivali uyushtirilgan. Biroq bayram o‘yin-kulgiga qaraganda ko‘pincha ibodat tarzida o‘tgan.

Yangi yilni birinchi bo‘lib kim kutib oladi?

20 интересных фактов про Новый год со всего мира

“Rojdestvo” oroli sifatida tanilgan Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan Kiribati butun mamlakat bo‘ylab har bir qishloqning barcha ijtimoiy-siyosiy tadbirlar o‘tkaziladigan manba (yig‘ilishlar uyi)da dunyoda birinchi bo‘lib Yangi yil bayramini nishonlaydi.

Amerika Samoasi esa... eng oxirgilardan

Amerikaning Samoasi aslida odamlar yashamaydigan orol hisoblanadi. Ba’zi sayyohlar vaqtdagi tafovutdan foydalanib, Yangi yilni ikki marta nishonlash maqsadida bu yerga uchib kelishadi.

Uzum omad timsoli

Ispaniyalik oilalarda Yangi yilning birinchi 12 soniyasida tilaklarini aytib, 12 dona uzumni yeyish an’anasi mavjud. Ular keyingi yil albatta yaxshi bo‘lishiga ishonib, shunday qilishadi. Bu qishda ko‘proq uzum sotmoqchi bo‘lgan vinochilar uchun marketingning yana bir turi bo‘lsa, ajabmas.

Efiopiyada Yangi yil 11 sentyabrda nishonlanadi

Ularning taqvimi bizning eramizning 8-yilida boshlangan. Misrliklardan o‘zlashtirilgan bu quyosh taqvimi 13 oydan iborat.

Yanvar oyining nomlanish sababi juda qiziq

20 интересных фактов про Новый год со всего мира

Bu Oy Rim Xudosi Yanus nomi bilan atalgan, aslida esa uning ildizi lotincha "ianua" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, eshik ma’nosini bildiradi va Yangi yilning boshlanishi bilan ochiladigan yangi imkoniyatlarga ishora qiladi.

Ostonadagi idish-tovoqlar

Daniyadagi ushbu an’ana uy egasining hayotiga ko‘plab yangi do‘stlarni olib kelish (tilash)ni anglatadi.

Yaponiyaning ibodatxonalarida Yangi yil munosabati bilan 108 marta qo‘ng‘iroq chalinadi

Bu ularning ajdodlar ruhlari ilohi bo‘lgan Tosigamini tabriklash uchun qilinadi.

Finlar qo‘rg‘oshinda fol ochishadi

Yangi yil kunidagi o‘ziga xos bu an’anani finlar molibdomantiya deb atashadi. An’anaga ko‘ra, idishda qo‘rg‘oshin eritilib, sovuq suvga quyiladi. Mustahkam shaklga aylangan metalldan insonning taqdirini bashorat qilish uchun foydalaniladi.

Mushakbozlik bir necha asr oldin paydo bo‘lgan

Mushakbozlik xitoylikliklar tomonidan ixtiro qilingan deb hisoblanadi. Aytishlaricha, bayram arafasida mushakbozlik amali Yangi yilning yaxshi boshlanishi, yovuz ruhlarni haydash va oilalarga omad keltirishi uchun bajariladi.

Bahora tayyorladi.