Yangi Zelandiyada barcha masjidlar yopilishi mumkin
- 15.03.2019 16:24
- 118
- Xorij

Yangi Zelandiya politsiyasi mamlakatdagi barcha masjidlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatsin, degan taklif bilan chiqdi. Qonunni himoya qiluvchi tashkilotning tegishli arizasi Twitter’ning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Juma kuni bir guruh qurollangan odamlar Al-nur va Linvud masjidlariga kirib, aholi bilan yonma-yon o‘tirib namoz o‘qishgan va mahalliy vaqt bilan soat 13:45 larda, ya’ni namozdan so‘ng birdaniga chiqish eshiklarini qurshab olishgan edi. Guvohlarning aytishlaricha, masjidni qurshab olishganida ichkarida 200-300 nafar atrofida odam bo‘lgan. 27 kishi o‘lgan, 30 kishi yaralanib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan edi. To‘rt kishi - uch erkak va bir ayol bosqinchilikda ayblanib, hibsga olingan.
Politsiya surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda va aholini juda zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqmaslikka da’vat etmoqda.
Oydin tayyorladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Manzil koloniyada tibbik ko‘rik o‘tkazildi
- 5 daqiqa avval
- Samarqand
So‘nggi sigaret ham tugadi, mana...
- 2 soat avval
- Mutolaa
Talabani sarson qilish adolatdanmi?
- Bugun, 11:40
- Ta’lim