Yaponiya elchisi Samarqandga keldi
- 05.04.2019 10:49
- 81
- Ta’lim

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nabuaki Ito Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurib, mazkur muassasa bilan Yaponiyadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, institut rahbarlari bilan uchrashuv ushbu oliy ta’lim muassasasi hamda uning akademik litseyida yapon tilini o‘qitishni takomillashtirish, bu borada hamkorlikda ishlash yuzasidan takliflar bildirildi.
Nabuaki Ito institutda faoliyat olib borayotgan yapon tili o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirokidagi davra suhbatida ham qatnashdi. Talabalariga yapon tili bo‘yicha darslik va adabiyotlar to‘plamlari sovg‘a qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabani sarson qilish adolatdanmi?
- 1 soat avval
- Ta’lim
Hibsga olinganlar ayovsiz tahqirlanardi...
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bekatsiz «bekat»
- 1 soat avval
- Samarqand
SamATI talabalari Germaniyada amaliyot o‘tamoqda
- Kecha, 13:48
- Ta’lim