Yaponiya qirg‘oqlarida g‘oyib bo‘lgan kruiz topildi: qutqarilganlar soni yetti nafar 

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati shanba kuni g‘oyib bo‘lgan «Kazu-1» kruiz kemasidan yana uch kishini qutqarib oldi, deb yozadi Kyodo agentligi.

Jabrlanganlar hushsiz holda topilgan. Avvalroq kema bortida to‘rt kishi qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

«Kazu-1» kemasi shanba kuni ertalab Xokkaydo shimolidagi Utoro portidan chiqib, xushmanzara sharsharali Shari qishlog‘i hududiga yo‘l olgan. Xavfli signal mahalliy vaqt bilan 13:15 atrofida olingan. Dengiz xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 24 nafar yo‘lovchi, jumladan, ikki bola va ikki ekipaj a’zosi bo‘lgan.