Yaponiyada rekord hajmdagi kokain moddasi qo‘lga olindi

Yaponiyaning Yokogama bandargohida 700 kilogramm kokain moddasi qo‘lga olindi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Hibsga olingan yukning “qora bozordagi” narxi 1.4 milliard iyen (130 million AQSh dollariga yaqin) qiymatida baholanmoqda. Mazkur yuk qo‘lga olingan yuklar tarixida eng ko‘p miqdordagisi, deya ta’kidlanmoqda.
Yaponiya huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining fikriga ko‘ra, bu ishda yirik uyushgan jinoiy guruhlarning qo‘li bor.
Kokain banan va boshqa mahsulotlar yuklangan konteynerlarda bojxona xodimlari tomonidan aniqlangan. Kema ekipaji a’zolari bu ishga aloqador ekanliklarini rad etmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining taxminlariga ko‘ra, yuk kemaga yashirin tarzda olib kirilgan. Biroq uni rejalashtirilgan bandargohda tushirib olishning imkoni bo‘lmagan. Shu sababli yuk Yokogama bandargohiga tushurilishi rejalashtirilgan.