Yaponiyada uch nafar jinoyatchi osib o‘ldirildi
Yaponiyada 2019 yildan beri birinchi marta o‘lim jazosiga hukm qilingan uch nafar jinoyatchi qatl etildi. Bu haqda buyruqni mamlakat adliya vaziri imzolagan. Qotillik qilgani uchun 44 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan uch erkak osilgan.
Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi o‘lim jazosini bekor qilishga intilmoqda, biroq kunchiqar mamlakat ma’murlari bu chora keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlamoqda.
Bugungi kunda Yaponiyada yuzdan ortiq mahbus qatl etilishini kutmoqda. Qatl qilish faqat Adliya vazirligining yozma buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.