Yaponiyada va Armanistonda zilzila yuz berdi
Tinch okeanida Ioto orolidan 151 kilometr janubi-sharqda (Ivo Jima, Yaponiya) 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentrdagi silkinish intensivligiga ko‘ra, zilzila “juda kuchli” deb baholanmoqda.
Shuningdek, Armaniston shimolida Gruziya chegarasi yaqinida 4,6 magnitudali zilzila qayd etildi.
Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Gruziya bilan chegaradosh Bavra shahridan 13 kilometr shimoli-sharqda joylashgan bo‘lib, silkinishlar kuchi 6 ballni tashkil qilgan.